Pogba "Torino"ga qarshi bahsda jamoasiga yordam berishi mumkin

  • 25.02.2023 23:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba qishning so‘nggi oqshomida "Torino"ga qarshi uchrashuvda o‘ynashi mumkin. Bu haqda "Calciomercato" nashri xabar beradi.

Qayd etilishicha, frantsiyalik yarim himoyachi shanba kuni jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazdi.
Pogba "Manchester Yunayted"dan kelgach, hali "Yuventus"da o‘ynamadi.

Bundan tashqari Federiko Keza ham "Turin derbisi"da o‘ynay oladi. Mushaklardagi muammolar tufayli italiyalik vinger so‘nggi bir necha o‘yinni o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!