Pogbadan qimmat futbolchi topildi

  • 22 dekabr, 2016, 10:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Germaniyaning taniqli futbolchisi Lotar Matteus "Borussiya" futbolchisi Per-Emerik Obameyang ayni paytda "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilayotgan va transfer rekordi sohibi bo‘lgan Pol Pogbadan ustun ekanini jar solmoqda. 

Matteusning aytishicha, Obameyang tez orada "Bavariya" futbolchisiga aylanishi mumkin ekan. Chunki myunxenliklar doimo asosiy raqobatchisi - "Borussiya D"ning etakchi o‘yinchilarini o‘z tarkibiga qo‘shib olgan. Bunga Levandovski, Gyottse va Xummelsni misol qilish mumkin. 

- Agar Pogbaga o‘xshagan o‘yinchining transferi 105 million evro bo‘lsa, "Bavariya" Obameyang uchun  150 million evro to‘lasa ham bo‘laveradi,  - dedi Lotar Matteus.  - Chunki Obameyang uchrashuv taqdirini hal qila oladi, Pogba esa bunga qodir emas. 

Joriy mavsumda gabonlik hujumchi Bundesligada 16 ta gol urdi. Frantsiyalik yarim futbolchi esa APLda uch marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 

Shu o‘rinda ko‘plab mutaxassislari Loter Matteusning fikriga qarshi chiqib, zamonaviy futbolda hujumchi va yarim himoyachini taqqos noo‘rin ekanini, germaniyalik sobiq futbolchi o‘z qarashlariga gollar sonini asos qilib olganini ta’kidlashmoqda. 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!