
Pogbaning JCh-2018 finalida kiygan butsasi 30 ming evroga sotildi
Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogbaning JCh-2018 finalida kiygan butsasi kim oshdi savdosida 30 ming evroga sotildi.
Shuningdek ushbu auktsionda uning Evro-2016 da Islandiyaga qarshi o‘yinda kiygan libosi 4 ming evroga, Gollandiyaga qarshi o‘tkazilgan saralash bahsida foydalangan libosi esa 3 ming evroga sotildi. E’tiborlisi, savdoda ishtirok etganlardan biri uning MYu safida foydalangan liboslaridan birini bor yo‘g‘i 400 evro xarid qildi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu sotuvdan tushgan barcha mablag‘lar Frantsiyadagi nochor talabalarga hayriya qilinadi.
Fikrlar