Pol Xyuz: "Hech narsani javobsiz qoldirmayman"

  • 27.08.2025 14:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Irlandiyalik MMA jangchisi Pol Xyuz PFL chempioni Usmon Nurmagomedov jamoasi bilan yuzaga kelgan taranglik haqida gapirdi.

“Jangdan oldingi uchrashuvimiz qanday o‘tadi? Buni vaqt ko‘rsatadi. Men doim hurmat bilan yondashaman — bu mening uslubim. Lekin kimdir menga hujum qilsa, ishonchingiz komil bo‘lsin, men javobsiz qoldirmayman. Gapim isbotini Usmonning menejeri misolida ko‘rdingiz. Undan menga bir nechta tvit kelgandi... Agar kimdir irlandiyalikni haqorat qilsa, albatta, bu uchun javob beradi”, — dedi Pol "MMA Junkie" nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Xyuz (14-2) va Usmon Nurmagomedov (19-0-1 N/C) o‘rtasidagi revansh 3 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!