Polsha etakchisi Evropa chempionatidan keyin terma jamoadagi faoliyatiga yakun yasashga qaror qildi

  • 7 aprel, 2024, 22:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi va Polsha terma jamoasi posboni Voytsex Shchensni termadagi faoliyatiga "Evro-2024"dan so‘ng yakun yasaydi. Bu haqda futbolchining o‘zi ma’lumot berdi. 

Tecno

"Ha, tugatish vaqti keldi. Oilam ham qarorimni hurmat qilishdi, ular mening kelgusi rejalarim haqida bilishadi. 

Boshqalarga imkon berilgani ma’qul. Oldinda Evropa chempionati va undan so‘ng butun boshli Jahon chempionati saralash bosqchichi kutib turibdi. Mundialda qatnasha olmas ekanman, saralashda ishtirok etganimdan ma’no yo‘q", - dedi polshalik darvozabon. 

Eslatib o‘tamiz, Voytsex Polsha terma jamoasida 2009 yildan beri to‘p tepib kelmoqda. U 81 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 77 gol o‘tkazib yubordi. Shuningdek, 34 bahsda Shchensni quruq o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!