Portugaliyada mag‘lubiyatdan eng ko‘p kim xafa bo‘ldi?
Portugaliya bosh murabbiyi Fernandu Santushning aytishicha, u va Krishtianu Ronaldu JCh-2022 chorak final bosqichida Marokashdan uchralgan mag‘lubiyatdan eng ko‘p xafa bo‘lganlar.
"Agar o‘yindan eng ko‘p xafa bo‘lgan ikki kishini oladigan bo‘lsangiz, Ronaldu va men. Bu murabbiy va futbolchi ishining bir qismi", - dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi chorak finalda Marokashga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, mundial bilan erta xayrlashdi.
Fikrlar