
Portugaliyalik jurnalist: "Ronalduning terma jamoadagi o‘rnini cheklash kerak"
Portugaliyalik jurnalist Krishtianu Ronalduning terma jamoadagi maqomini cheklashga chaqirdi.
"Munozara uning yoshi haqida emas, balki boshqa ko‘p narsalar haqida ketmoqda. Misol uchun, Pepe 41 yoshda edi. Lekin uning o‘tgan yozdagi o‘yinlari maqtovga sazovor bo‘ldi.
Ammo Ronalduning so‘nggi Jahon chempionati va Evrodagi gap-so‘zlari ko‘p narsani kutishimizga majbur qilgan edi. Fernandu Santush uning misoli daxlsizdek bo‘lib tuyulgan maqomiga barham berishga harakat qildi. Ammo bu orqali o‘zi iste’foga chiqarildi. Martines esa, yana o‘sha eski davrni qaytarmoqda.
Albatta, Ronaldu va uning nomini ahamiyat jixatidan e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Lekin aql bovar qilmaydigan darajadagi iste’dodli afsonaning eng yaxshi yillari o‘tib bormoqda", - dedi jurnalist.
Fikrlar