Postekoglu "Nottingem Forest"ning yangi bosh murabbiyi bo‘ladi

  • 9 sentabr, 14:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nottingem Forest" jamoasi yaqin soatlarda yangi bosh murabbiyni e’lon qiladi. "The Athletic" nashrining xabariga ko‘ra, klubga avstraliyalik mutaxassis Anje Postekoglu tayinlanishi kutilmoqda. Rasmiy qaror 24 soat ichida e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Tecno

Avvalroq "Forest" rahbariyati Nunu Eshpiritu Santuni "so‘nggi holatlar tufayli" lavozimidan ozod etgandi. Portugaliyalik murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, uning klub egasi Evangelos Marinakis bilan munosabatlari yomonlashgan.

Eslatib o‘tamiz, Postekoglu o‘tgan yozda "Tottenxem"dan bo‘shatilgandi. U 2023 yildan boshlab "shporlar"ni boshqarib kelgan va o‘tgan mavsumda jamoa bilan Evropa Ligasida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!