Postekoglu: "VAR futbolni o‘ldiryapti"

  • 4 aprel, 15:01
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" bosh murabbiyi Postekoglu "Chelsi"ga qarshi alamli mag‘lubiyatdan so‘ng texnologiyalarning hakamlikka ta’siri haqida norozilik bildirdi. 

Tecno

69-daqiqada Sarr raqib darvozasini ishg‘ol qildi, ammo VAR bu golni bekor qildi. Sababi – senegallik futbolchi Moyzes Kaysedodan to‘pni qoidabuzarlik bilan tortib olgan deb topildi.

Postekoglu ushbu qarordan keyin VARga qarshi keskin fikr bildirdi:

"Tez orada hakamlikni sun’iy ong bajaradi. Keyin esa u futbolchilarni ham almashtiradi. Hatto, o‘yinni ishtirokchilarsiz o‘tkazishadi. Bu qanday futbol bo‘ladi?"

Murabbiy VAR tizimi futbolning ruhiyatiga ziyon etkazayotganini ta’kidladi:

"VAR paydo bo‘lganda, kim bundan shunday mikroskopik qarorlar qabul qilinishini kutgan edi? Bu menga yoqmaydi va hech qachon yoqmagan."

Postekoglu Sarrning goli bekor qilingan vaziyat haqida ham fikr bildirdi:

"VAR futbolni o‘ldiryapti. "Yaqqol va ochiq xatolar" bo‘yicha qaror chiqarish uchun 6 daqiqa vaqt sarflash – bu aqlga sig‘maydigan narsa!" - dedi avstraliyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!