Poygachilar talqini bo‘yicha 2025 yilning eng yaxshi 10 ta poygachisi aniqlandi

  • 01.01.2026 13:19
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto

"Red Bull" poygachisi Maks Verstappen Formula-1 poygachilari oʻrtasida oʻtkaziladigan yillik yashirin ovoz berishda 2025 yilgi mavsumning eng yaxshi poygachisi deb topildi. Reyting Formula-1'ning rasmiy saytida paydo boʻldi.

16 nafar haydovchi ishtirok etgan ovoz berishda Verstappen yangi jahon chempioni "Maklaren" poygachisi Lando Norrisni ortda qoldirib, eng koʻp ochko toʻpladi. Niderlandiyalik pilot ushbu soʻrovnomada ketma-ket beshinchi marta gʻalaba qozondi, garchi u chempionlikni boy bergan boʻlsa ham.

Bu yilgi soʻrovnomada "Ferrari" poygachisi Lyuis Xemilton, "Kik-Zauber" aʼzosi Niko Hyulkenberg, "Aston Martin" haydovchisi Lens Stroll va "Red Bull" poygachisi Yuki Tsunoda ishtirok etmadi.

Poygachilar talqini boʻyicha 2025 yilning eng yaxshi 10 ta poygachisi:

1. Maks Verstappen ("Red Bull").
2. Lando Norris ("Maklaren").
3. Jorj Rassell ("Mersedes").
4. Oskar Piastri ("Maklaren").
5. Sharль Lekler ("Ferrari").
6. Karlos Sayns ("Uilyams").
7. Fernando Alonso ("Aston Martin")
8. Aleks Albon ("Uilyams").
9. Oliver Berman ("Xaas").
10. Isak Xadjar ("Reysing Bulls").

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!