
Poytaxtimiz yana bir nufuzli turnirga mezbonlik qiladi yoxud K-1 bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati yana Toshkentda!
Joriy yilning 25-29 dekabr kunlari poytaxtimiz yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi.
Yanada aniqroq qilib aytganda K-1 bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati tashkil etiladi. Ushbu turnir yoshlar va kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Eng qiziq jihati esa, turnirning so‘ngi kuni professionallar o‘rtasida KOK ( King of King) Asia turniri tashkil etiladi.
O‘zbekiston K-1 federatsiyasi rahbari Jasur Ne’matovning saytimizga ma’lum qilishicha, bu safargi havaskor hamda professionallar toifasida ham horijning kuchli sportchilari tashrif buyurishi kutilmoqda.
Fikrlar