Premer-liga yana eski formatga qaytadigan bo‘ldi

  • 06.03.2020 11:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ukraina futbol assotsiatsiyasi mamlakat premer-ligasini eski formatga qaytarishga qaror qildi.

Assotsiatsiya prezidenti Andrey Pavlenkoning so‘zlariga ko‘ra 2021/22 yilgi mavsumdan boshlab UPL yana eski formatda o‘tkaziladi. Aniqrog‘i unda 16 ta jamoa 2 davrada ishtirok etadi.

Aytish kerakki, bundan tashqari 2021/22 yildan boshlab chempionatda videoassistent referi – VAR tizimidan foydalaniladi.

Ma’lumot uchun, hozirda Ukraina premer-ligasida 12 ta klub ishtirok etmoqda. Jamoalar 22 ta turdan so‘ng chempionlik uchun kurashuvchi va chempionatda jon saqlash uchun kurashuvchi 2 ta oltilikka bo‘linadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!