Premer-ligada ilk O‘zbek futbolchisi

  • 11 yanvar, 01:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milliy terma jamoamiz himoyachisi Abduqodir Husanov bonuslar bilan birga 50 million evro evaziga "Lans" klubidan "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tmoqda. Ushbu transferni Fabritsio Romano rasman e’lon qildi.

Tecno

Jurnalistning xabar berichisha, bir necha kundan buyon Pep Gvardiola boshchiligidagi "shaharliklar" hamyurtimizga qiziqayotgan edi. Manbaga ko‘ra, mazkur shartnoma to‘rt yarim yillik ko‘rinishda imzolangan.

Bundan tashqari, ko‘plab manbalarning ma‘lumotiga ko‘ra, Madridning "Real" klubi ham katta qiziqish bildirgan. Shu bilan birga PSJ, "Nyukasl Yunayted", "Tottenxem", "Lester", "Vulverhempton", ''Atletiko Madrid" kabi jamoalar ham futbolchimizga ko‘z tikishgan edi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!