Pro liga. “Lokomotiv” Superliga yo‘llanmasiga ega chiqdi, “Aral” pley-offga yo‘l oldi
Pro liganing 20-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Olimpik Mobiuz” o‘z maydonida “Jayhun”ni yirik 4:0 hisobi bilan mag‘lub etdi. Superliga yo‘llanmasi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan bahsda esa “Aral” Toshkentning “Lokomotiv” jamoasini 1:0 hisobida taslim etdi.
Shunga qaramay, ushbu natijadan keyin ham “temiryo‘lchilar” Pro Liga chempioni sifatida Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. “Aral” esa pley-off bosqichida ishtirok etadi. O‘tish o‘yini 14 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar