Pro liga. Yuqori beshlik jamoalari uchun II bosqichga qur’a tashlandi

  • 12 sentabr, 2022, 21:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro ligada ikkinchi davra yakunlangach, endi II bosqich boshlanadi. Jamoalar “A” va “V” guruhlariga ajratildi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, yuqori beshtalikdagi klublar “A” guruhidan joy oldilar. Klublarning to‘plagan ochkolari saqlanib qolinadi.

Tecno

Bugun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Faqat “A” guruhidan joy olgan klublar uchun qur’a bo‘lib o‘tdi. Jamoalar jami 8 ta o‘yin o‘tkazadilar va 4 tadan bahs asosida ikki davrali tizim tashkil etiladi. Bir jamoa esa har turda dam oladi.

Qur’aga ko‘ra “Xorazm” klubi 19-turda dam oladigan bo‘ldi. Mazkur turda “Turon” o‘z uyida “Buxoro”ni qabul qilsa, “Mash’al” pro liga etakchisi – “Andijon” bilan Muborakda kuch sinashadi. O‘yinlar 24 va 25 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Faqat qaysi juftlik qaysi sanada o‘yin o‘tkazishiga oydinlik kiritilmagan.  

pro kura

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!