
Pro liganing yangi mavsumi uchun qur’a tashlandi
Oldindan rejalashtirilganidek, bugun Pro liganing yangi mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 11 ta jamoa ishtirok etadi va har turda bittadan klub dam oladi. "G‘ijduvon" dastlabki turni o‘tkazib yuboradi.
Superligani tark etgan va pro liganing favoriti deya ta’riflanayotgan “Lokomotiv” ilk turni musobaqa debyutanti “Andijon-SGS”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida o‘tadi.
Shuningdek, ilk turda “Sho‘rtan” – “Qo‘qon-1912”, “Mash’al” – “Dinamo” kabi ajoyib qarama-qarshiliklar ham bor.
Fikrlar