
Professional boks olamining haqiqiy "Shahzoda"sini bilasizmi?
Professional boks olamida juda ko‘p afsonalar faoliyat yuritgan. Har biri o‘z yo‘li, o‘z uslubi bilan muxlislar e’tiborini qozongan. Ba’zilari tomoshabinlar uchun ringda o‘ziga hos shoular taqdim etishgan. Ba’zilari esa xurmacha qiliqlari bilan nom qozongan. Bugun, biz hikoya qiladigan qahramonimiz faoliyati mobaynida yuqorida sanab o‘tganlarni barchasini o‘zida mujassamlashtirgandi. Uning janglarini muxlislar orziqib kutishar, shunga yarasha u tomoshabinlarga zavq ulashardi. Istalgan katta yoki o‘rta yoshli boks ixlosmandlaridan so‘rasangiz, bu shovvozni albatta boks olami tarixidagi eng kuchli 10 likdan o‘rin olishini aytadi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. U butun jahonga leopard shortigi bilan ham mashhur edi.
Ha, u professional boks olamining haqiqiy “Shahzoda”si Nasim Xamiddir.
Uni ko‘plar ringda jang qilmaydi, faqat muxlislar e’tiborini qozonishga harakat qiladi deyishardi. Mashhur irlandiyalik bastakor, aktyor Bob Geldof uni dunyodagi eng yaxshi shoumen deb ham atagandi. Lekin juda ko‘p taniqli shaxslar, Silvester Stallone, Uil Smitt, Uesli Snayps va Devid Bekxemlar uni haqiqiy iste’dod ekanligi haqida ko‘p gapirishgan. U Buyuk Britaniya qahramoniga aylana olgandi. Hattoki, uni Bukingem saroyida shaxsan qirollik oilasi kutib oladi.
Bir so‘z bilan aytganda u o‘z vaqtining eng kuchli bokschisi bo‘lish barobarida muxlislarning mehrini ham qozona olgan.
Ota-onasi yamanlik bo‘lgan, Nasim Hamid 1974 yil 12 fevralda Buyuk Britaniyaning Sheffild shahrida tavallud topadi. U yarim engil va engil vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazgan. Uni chapaqay bokschilar orasidagi namoyandalardan biri desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi.
U 6 yoshidan boshlab, boks bilan shug‘ullana boshlagan. Havaskor boksda jami 62 ta jang o‘tkazib, 57 marotaba marotaba g‘alabani qo‘lga kiritadi. Besh bor esa mag‘lubiyat qayd etgan. Havaskor yo‘nalishda raqiblarini 18 marotaba nokautga uchratadi.
U professional boksda 1992 yil debyut jangini o‘tkazadi. U profi ringda barchasi bo‘lib, 37 ta jang o‘tkazib, ularning 36 tasida g‘alaba qozonadi. Bir marotaba mag‘lubiyatga uchraydi. O‘sha mag‘lubiyat yana bir afsona meksikalik Marko Antonio Barreradan qabul qilib olingan. U o‘z vaqtida WBC, IBF, WBO, IBO kamarlarini qo‘lga kiritadi. U so‘ngi jangini 2002 yil 18 mayda o‘tkazadi va shu bilan sportchilik faoliyatini yakunlaydi.
Nasim Xamid 26 yoshida o‘z vaznining jahondagi eng kuchli bokschisiga aylana oladi. Keyinchalik ba’zi yomon harakatlari tufayli, ozodlikdan ham mahrum bo‘ladi. Shunday qilib, u boks olamini tark etadi. Shunday bo‘lsada, u boksda o‘chmas iz qoldira olgan.
Fikrlar