
Professional futbol ligasi davlatdan katta kredit oladi
Frantsiya professional futbol ligasi davlat tomonidan kafolatlangan kredit olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RMC Sport nashri xabar bermoqda.
Aytish kerakki, Liga 1 da mavsum muddatidan avval yakunlangach, Canal+ ular bilan kelishuvni bekor qilgan edi. Ba’zi manbalarga ko‘ra, tashkilot buning ortidan 162 mln evrodan ortiq mablag‘ yo‘qotgan. Shu bois davlat krediti ushbu zararni qoplab berishi kerak.
Muddatidan avval yakunlangan chempionatda PSJ g‘olib deb e’lon qilindi.
Fikrlar