
PSJ — ushbu statistika bo‘yicha EChLdagi eng yomon jamoa
Chempionlar ligasini ajoyib boshlaganiga qaramay, PSJ statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha qolgan jamoalardan yomonroq natija qayd etmoqda.
"L’Equipe" nashri xabariga ko‘ra, parijliklar asosiy evrokubokning 3 turidan so‘ng bosib o‘tgan umumiy masofa bo‘yicha eng yomon jamoa bo‘lib turibdi. Kristof Galte shogirdlari har bir bellashuvda o‘rtacha 104,6 kilometr masofani bosib o‘tgan. "Yuventus" bilan birinchi o‘yinda eng yomon ko‘rsatkich qayd etilgan — 100,2 km. Xayfaning "Makkabi" jamoasiga qarshi 105,3 km, "Benfika" bilan esa 109,4 km.
Eslatib o‘tamiz, PSJ bugun, 11 oktyabr kuni Portugaliya klubi bilan javob uchrashuvini o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
Fikrlar