PSJ "Bavariya" tarixidagi eng qimmat futbolchini sotib olmoqchi

  • 14 sentabr, 2020, 17:31
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" klubi himoyachisi Lyuka Ernandes PSJ qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Tecno

Parijliklar frantsiyalik futbolchini yaqinda jamoani tark etgan Tiagu Silvaga munosib o‘rinbosar deb hisoblamoqda. Myunxenliklar uni o‘tgan yili "Atletiko"dan 80 mln evro evaziga xarid qilib, o‘z transfer rekordlarini yangilagan edi. Biroq jahon chempionining o‘zi amaldagi klubini tark etmoqchi emasligini ta’kidlamoqda.

24 yoshli fulbek bu mavsum "qizillar" safida 25 o‘yinda qatnashib, trebl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!