PSJ bosh murabbiy bilan urishib qolgan Usmon Dembele bo‘yicha kutilmagan qarorga keldi

  • 27.08.2026 08:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Pari Sen-Jermen" rahbariyati jamoaning yetakchi hujumkor futbolchilaridan birini jamoada saqlab qolish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Mashhur insayder Fabris Hokins ma’lumotiga ko‘ra, fransuz grandi forvard Usman Dembele bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko‘ra, parijliklar rahbariyati va futbolchi tomoni o‘rtasidagi muzokaralar bir necha oydan beri davom etmoqda. 

Suhbatlar ancha cho‘zilib ketganiga qaramay, PSJ ofisida kelishuv ijobiy yakun topishiga ishonch baland. Hozirgi amaldagi shartnoma 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan, ammo klub rahbariyati 29 yoshli fransuz bilan bitimni 2029 yoki 2030 yilgacha uzaytirish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, Dembele 2023 yil yozida kataloniyalik "Barselona" tarkibidan PSJga kelib qo‘shilgan edi. Shu vaqt ichida vinger jahon futboli yulduzlaridan biri sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlagdi: poytaxt klubi safida 138 o‘yin o‘tkazib, 61 ta gol urdi va 43 ta golli uzatma amalga oshirdi. 

Parijdagi faoliyatidagi eng katta yutuq esa 2025 yilda erishilgan — o‘sha yili Dembele "Oltin to‘p" sohibi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!