Asosiy mazmunga oʻtish

«PSJ» Bundesliga yarim himoyasiga ko‘z tikdi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

«Pari Sen-Jermen» «Bayer»ning 50 million yevro baholangan 20 yoshli yarim himoyachisi Ibrahim Mazaga jiddiy qiziqmoqda.

«Bayer» tarkibida to‘p surib kelayotgan 20 yoshli hujumkor yarim himoyachi Ibrahim Mazaga «Pari Sen-Jermen» jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

Manba ma’lumoticha, so‘nggi haftalarda parijliklarning yosh futbolchiga bo‘lgan e’tibori yanada kuchaygan. Klub rahbariyati Maza jamoa hujumiga kreativlik va yangi g‘oyalar qo‘shishiga ishonmoqda. Shu bilan birga, «PSJ» uchun uni qo‘lga kiritish oson kechmaydi, chunki futbolchining o‘sishini «Arsenal», «Manchester Siti» va «Atletiko» Madrid ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Joriy mavsumda Maza barcha musobaqalarni hisobga olgan holda sakkiz o‘yinda maydonga tushdi, uchta gol urdi va uchta golli uzatma muallifiga aylandi.

Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, yosh yarim himoyachining transfer qiymati 50 million evroni tashkil etmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q