«PSJ» Chempionlar ligasida 150 mln yevro daromad olishi mumkin

  • 08.09.2026 14:56
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yevropa futbolida yangi mavsum oldidan moliyaviy hisob-kitoblar ham qizgʻin davom etmoqda. Maʼlum boʻlishicha, yangi formatda oʻtadigan UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etish «Pari Sen-Jermen» uchun juda katta daromad keltirishi mumkin.

 

The Touchline nashri xabariga koʻra, agar «PSJ» musobaqada gʻolib chiqsa, klubning umumiy tushumi taxminan 150 million yevro atrofida boʻladi.

 

Manba yozishicha, parijliklar natijalaridan qatʼi nazar, UEFAning Value Pillar dasturi doirasida kamida 63,97 million yevroni kafolatlab qoʻlga kiritadi. Bu tizimda jamoaning musobaqadagi oʻyinlari emas, balki media faoligi, tarixiy koʻrsatkichlari va UEFA reytingi asosiy mezon sifatida inobatga olinadi.

 

Eslatib oʻtamiz, «Pari Sen-Jermen» soʻnggi ikki mavsumda Chempionlar ligasida qatorga ikkita gʻalabani qoʻlga kiritgan. Luis Enrique shogirdlari yangi mavsumni oʻz maydonida «Slovan»ga qarshi oʻyin bilan boshlaydi. Uchrashuv 9 sentabr kuni boʻlib oʻtadi va Moskva vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!