PSJ cho‘qqini ko‘zladi

  • 14.08.2020 00:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ futbolchilari Chempionlar ligasida ketma-ket 33 ta uchrashuvdan buyon raqiblar darvozasini ishg‘ol qilib kelmoqda. Parijliklarning so‘nggi golsiz o‘yini 2016 yilning aprelida “Manchester Siti”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda qayd etilgan.

“Ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli musobaqasida gollar seriyasi bo‘yicha mutlaq rekord ayni paytda “Real”ga tegishli. Madridliklar 2011-2014 yillar davomida ketma-ket 34 ta uchrashuvning har birida gol urgan.

PSJ vakillarida shu yilning o‘zida “Real” rekordini yo‘qqa chiqarish imkoni bor. Buning uchun Neymar boshchiligidagi hujumchilar Evropa chempionlar ligasining yarim finali va hal qiluvchi uchrashuvida gol urishi lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!