PSJ Dezire Duening akasi transferiga qiziqmoqda

  • 02.08.2026 17:16
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Strasburg» jamoasi himoyachisi Gela Dué — «PSJ» yarim himoyachisi Dezire Duéning akasi — Parij klubi tomonidan Ashraf Hakimiga ehtimoliy almashuv varianti sifatida ko‘rib chiqilmoqda, deb xabar bermoqda L’Équipe.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Pari Sen-Jermen» 23 yoshli «Strasburg» himoyachisi, Kot-d’Ivuar terma jamoasi a’zosiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarda hozircha sezilarli siljish qayd etilmagan.

Gela Dué «Renna» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ikki yil oldin «Strasburg» safiga qo‘shilib, qisqa vaqt ichida jamoaning yetakchi futbolchilaridan biriga aylandi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

So‘nggi mavsumlarda Dué asosiy tarkibda muntazam maydonga tushib kelmoqda — u barcha musobaqalar doirasidagi 68 uchrashuvning 63 tasini start tarkibda boshlagan. Shu davr mobaynida uchta gol urib, to‘qqizta golli pas muallifi bo‘lgan. Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 20 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!