PSJ ertaga yangi murabbiyi nomini e’lon qiladi

  • 4 iyul, 2022, 17:56
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ ertaga yangi murabbiyi nomini e’lon qiladi. Jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, bu bir necha kundan beri ishsiz yurgan “Lill” va “Nitstsa”ning sobiq ustozi Kristof Galte bo‘lishi kutilmoqda.

Kristof ertaga PSJ bilan rasman shartnoma imzolaydi. Eslatib o‘tamiz, bir yil avval frantsiyalik mutaxassis "Lill"ga 2011 yildan keyin ilk bor chempionlikni qo‘lga kiritishiga yordam bergandi.

Bugun PSJ Maurisio Pochettino bilan shartnoma bekor qilinganini e’lon qilishi kutilmoqda. Avvalroq, argentinalik murabbiy frantsuz klubi bilan ishdan bo‘shatilgani uchun tovon puli miqdori borasida kelisha olmayotgani aytilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, PSJ o‘tgan mavsum Frantsiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Ammo, parijliklar EChL nimchorak final bosqichida “Real”ga mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!