PSJ futbolchilarni rekord narx - 360 million yevroga sotadi
Frantsiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi yaqin kunlarda oʻz tarixidagi eng yirik sotuvlar rekordini yangilashi kutilmoqda.
Avvalroq Ibraima Mbaye PSJdan «Aston Villa»ga oʻtishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu transfer orqali parijliklar taxminan 55 million yevro ishlab olishi aytilayapti.
Shuningdek, tez orada Bredli Barkola ham katta ehtimol bilan 145 million yevro atrofidagi summa evaziga «Liverpul» safiga yoʻl olishi kutilmoqda.
Agar har ikki bitim amalga oshsa, «PSJ» bu yozgi transfer oynasida jami 360 million yevro atrofida daromad qiladi.
RMC Sport maʼlumoticha, bu koʻrsatkich klub tarixida bir transfer oynasi doirasida qayd etilgan eng yuqori natijaga aylanadi.
Shu bilan birga, Luis Enrique shogirdlari chempionat startin ham muvaffaqiyatli boshlay olmadi. «Lill»ga qarshi oʻyin (2:2)da gʻalaba qoʻlga kiritilmadi va ikki turdan soʻng jamoa hisobida bor-yoʻgʻi ikki ochko mavjud, xolos.

Fikrlar