PSJ futbolchisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

  • 21 avgust, 2024, 14:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yarim himoyachisi Karlos Soler faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. "L'Equipe" xabariga ko‘ra, "Vest Xem" so‘nggi kunlarda uning transfer bo‘yicha harakatni kuchaytirdi. Shuningdek, futbolchi uchun "Brayton" va "Real Sosedad" ham da’vogarlik qilmoqda.

Parijliklar futbolchi uchun 20 million evro so‘ramoqda. Ammo aksar klublar bu summa futbolchi uchun ko‘plik qiladi deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Soler 2022 yilning yozida "Valensiya"dan 18 million evro evaziga PSJ safiga ko‘chib o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda barcha musobaqalar hisobidan u 28ta o‘yinda 2ta gol urdi va 4ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!