PSJ futbolchisi faoliyatini APLda davom ettirmoqchi
PSJ klubi himoyachisi Leven Kyurzava jamoani tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda L'Equipe xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, “Galatasaroy” 28 yoshli futbolchiga taklif bildirgan, ammo u Turkiya chempionatiga o‘tishni rad etgan. Leven faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishni xohlaydi.
Parij klubi rahbariyati Kyurzava uchun 10 million evro taklif qilinsa, uni qo‘yib yuborishga tayyor.
Leven Kyurzava o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida jami 19 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar