PSJ futbolchisi faoliyatini Madridda davom ettirishga yaqin

  • 05.06.2026 20:45
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJning koreyalik futbolchisi Li Kan In faoliyatini Madridda davom ettirishi mumkin. Bu haqida Atletico Universe jurnalist Matteo Moretto va Radio Marca'ga tayanib xabar bermoqda.

PSJ 25 yoshli yarim himoyachini 30 million yevro evaziga qo‘yib yuborishi mumkin.

Qayd etilishicha, klublar o‘rtasida ajoyib munosabatlar shakllangan. Madridliklar Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchisini nafaqat maydondagi o‘yini uchun, balki marketing maqsadida ham jamoada ko‘rishni istashmoqda.

Yakuniga yetgan mavsumda futbolchi Fransiya chempionatida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!