PSJ Gvardiolani olib kelish yo‘lini topdi

  • 13 fevral, 2023, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” moliyaviy qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yganlikda ayblanmoqda. Agar klub jazoga tortilsa, bosh murabbiy Xosep Gvardiola o‘ziga boshqa ish topishi kerak bo‘ladi.

Tecno

Tabiiyki, Pep darajasidagi mutaxassis ko‘chada qolmaydi. PSJ hozirdan ispaniyalik murabbiyni o‘ziga jalb qilmoqchi.

Parijliklar Gvardiolaga agar jamoani qabul qilib olsa, transfer siyosatini o‘zi yuritish imkoniyatini va’da qilyapti. Bundan tashqari, Pep jahon futbolidagi eng katta maosh oladigan murabbiy nomini ham saqlab qoladi.

Uchinchi omil shundan iboratki, Gvardiola PSJda o‘zining “Barselona”dagi shogirdi Lionel Messiga yana bir bor ustozlik qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!