PSJ hujumchisi sobiq klubiga qaytmoqchi
PSJ hujumchisi Mauro Ikardi boshqa klubga o‘tish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda "fichajes.com" nashri xabar berdi.
Ikardi ayni damda Parij klubidagi mavqeidan norozi. Argentinalik hujumchi uchun ustuvor variant - "Inter"ga qaytish. U avval ham bu klub safida to‘p tepgan.
Joriy mavsumda Mauro Parij klubi safida 14 ta uchrashuvda 656 daqiqa o‘ynab, 3 bor raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.
Mashhur "transfermarkt" portali 28 yoshli goleadorni 35 million evroga baholamoqda.
Mbappe: "Bu eng yaxshi PSJ emas"
Fikrlar