
PSJ Ikardini sotib olishiga "Inter" shubha qilmayapti
PSJ hujumchisi Mauro Ikardi Parijda doimiy qolishiga "Inter" rahbariyati shubha qilmayapti.
Bu esa milanliklarga "Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukakuni sotib olishga imkon beradi.
Avvalroq, Ikardi "Inter" bilan 2022 yilgacha shartnomasini uzaytirib, PSJga ijara asosida o‘tgan edi.
Parijliklarda futbolchini 70 mln evroga sotib olish huquqi ham bor.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik forvard Liga 1 da 3 ta bahs o‘tkazib, 2 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar