PSJ ikki etakchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin

  • 17 sentabr, 2022, 14:19
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ sport direktori Luish Kampush klub ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos bilan shartnomani uzaytirishi mumkinligini aytdi.

"Men Serxio Ramosning o‘yinidan mamnunman, agar u xuddi shu ruhda o‘ynashda davom etsa... nega bunday bo‘lmasin? U ham, Leo Messi ham mavsumni yaxshi o‘tkazmoqda. Agar ikki futbolchi bilan ham shartnomani uzaytirishni uddalasak, yaxshi bo‘lardi", - deya Kampushning so‘zlarini keltiradi Fabritso Romano.

Ramos va parijliklar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!