Asosiy mazmunga oʻtish

PSJ jahon chempionini oladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Transfer amalga oshish ehtimoli katta

Argentina terma jamoasida jahon chempionligiga sazovor bo‘lgan Enzo Fernandez yozgi transferlar davrida “Chelsi”ni tark etib, Fransiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin.

Tajriba­li yarim himoyachi Yevropa Chempionlar ligasi va Fransiya chempionati g‘olibi “Pari Sen-Jermen” klubi diqqat markaziga tushdi. Bu haqida ESPN jurnalistlari L’Equipe nashriga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Parij klubi mutasaddilari “Chelsi”da italyanlik bosh murabbiy Enzo Mareska ish­dan olinganidan keyin London klubida yuzaga kelgan murakkab vaziyatdan foydalanib qolishni ko‘zlayapti.

Joriy mavsumda Fernandez barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning klub bilan shartnomasi 2032 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 85 million yevroga teng.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q