
PSJ jahon chempionini olmoqchi
PSJ mutasaddilari “Real” yarim himoyachisi Toni Kroosni transfer qilish bo‘yicha imkoniyatlarni o‘rganishga kirishdi.
Germaniyalik jahon chempionining madridliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yozida tugaydi. Parij klubi uni kelasi yozning o‘zida sotib olishni mo‘ljallayapti.
Maurisio Pochettino Toni Kroosga ega bo‘lish uchun klub mutasaddilari germaniyalik o‘yinchini Parijga kelishga ko‘ndirishdan tashqari, raqobatda “Nyukasl” va “Manchester Siti”ni ortda qoldirish kerak bo‘ladi.
Toni Kroos joriy mavsumda ettita uchrashuvda qatnashib, samarali natija qayd etgani yo‘q.
Fikrlar