PSJ ko‘zlagan hujumchi A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

  • 23 may, 2022, 15:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan”ning portugaliyalik hujumchisi Rafael Leau Italiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda chempionat rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Leau yakunlangan mavsum A Seriyaning 34 ta uchrashuvida maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, "rossonerilar" kecha 11 yillik tanaffusdan so‘ng birinchi marta Italiya chempioniga aylandi.

Oldinroq, 22 yoshli Leoga PSJ jiddiy qiziqish bildirayotgani va uning uchun 70 million evro to‘lashga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo "Milan" uni 100 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!