PSJ Lamin Yamal transferi uchun harakatni boshladi

  • 03.04.2026 04:03
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Frantsiyaning PSJ klubi Lamin Yamal atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda.

Maʼlum qilinishicha, klub prezidenti Nasser Al-Khelaifi mashhur agent Jorje Mendes bilan doimiy aloqada boʻlib, futbolchining holati haqida maʼlumot olib bormoqda.

Hozircha aniq muzokaralar yoki transfer boʻyicha kelishuvlar yoʻq. Bu koʻproq uzoq muddatli strategiya sifatida baholanmoqda.

Avvalroq PSJ Yamalarni sotib olish uchun taxminan 200 million yevro taklif qilishga tayyor ekani haqida xabarlar chiqqan edi. Biroq “Barselona” bu taklifni rad etgan.

Shunga qaramasdan, parijliklar futbolchini oʻz rejalaridan chiqarmagan va uning faoliyatini kuzatishda davom etmoqda. Ular kelajakda vaziyat oʻzgarishi mumkin, deb hisoblamoqda — bu avval Neymar va Lionel Messi transferlarida ham kuzatilgan.

Shu bilan birga, kataloniyaliklarning pozitsiyasi qatʼiyligicha qolmoqda. Klub Yamalni “sotilmaydigan” futbolchi deb hisoblaydi va faqat 1 milliard yevro miqdoridagi tovon puli toʻlangan taqdirdagina uni qoʻyib yuborishi mumkin.

Qayd etish joiz, Lamin Yamal klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U juda yosh boʻlishiga qaramasdan, jamoaning asosiy tarkibida muhim oʻrin egallab ulgurgan.

Futbolchi 15 yoshidayoq birinchi jamoada debut qilgan va klub tarixidagi eng yosh debutantlardan biriga aylangan. Shuningdek, u La Liga va Yevropa musobaqalarida ham bir qator rekordlarni oʻrnatgan.

Vinger "koʻk-anorranglilar"  bilan Ispaniya chempionati va Superkubokni qoʻlga kiritgan hamda mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!