PSJ Luis Enrique bo‘yicha muhim qarorga keldi

  • 05.09.2026 13:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UEFA Chempionlar ligasi gʻolibi va Fransiyaning amaldagi chempioni “Pari Sen-Jermen” klubi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida bosh murabbiy Luis Enrique bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirganini maʼlum qildi.

Ispaniyalik mutaxassis 2023 yil yozidan buyon parijliklar jamoasini boshqarib kelmoqda va klub tarixida kuzatilmagan natijalarni qayd etmoqda.

Hozirgacha jamoa Enrique rahbarligida ikki marta Chempionlar ligasida (2024/2025 va 2025/2026 yildgi mavsumlarda) hamda UEFA Superkubogida gʻalaba qozondi. Shuningdek, jamoa uch marta Fransiya chempioni (2023/2024, 2024/2025 va 2025/2026 yildgi mavsumlarda) va mamlakat Superkubogi sohibi boʻldi.

Bundan tashqari, PSJ ikki marta Fransiya kubogini (2023/2024 va 2024/2025 yildgi mavsumlarda) ham qoʻlga kiritdi.

Enrikening PSJ bilan avvalgi mehnat shartnomasi 2027 yil yoziga qadar moʻljallangan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!