
PSJ Mbappe o‘rniga Yamalni nishonga oldi, ammo "Barsa" uni 200 milliondan kamiga sotmaydi
PSJ klubi yozda tarkibni yanada yoshartirishni rejalashtirmoqda. Rahbariyat jamoa uchun ko‘p pul sarflash o‘rniga yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlashni ma’qul ko‘ryapti.
"Le Parisien" nashrining ma’lum qilishicha, parijliklar mavsum yakunida "Barselona" yulduzi Lamin Yamal uchun kurashga qo‘shiladi. Ispaniyalik iqtidor sohibi transferini PSJ bosh murabbiyi Luis Enrikening shaxsan o‘zi istamoqda. Biroq kataloniyaliklar uni 200 milliondan kamiga sotmasligi ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Lamin joriy mavsum La Liganing 31 bahsida 4 gol va 6 assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar