PSJ Mbappega fantastik maosh taklif qilmoqda
PSJ klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Kilian Mbappe bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasidagi ishlarni boshlab yubordi.
Le10Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar 20 yoshli futbolchiga 2024 yilga qadar tuzilgan shartnoma va yiliga 50 mln evro maosh va’da qilishmoqda.
Frantsiya chempioni aynan shu yo‘l bilan Mbappeni “Real”ga o‘tishdan qaytarmoqchi.
Ma’lumot uchun, Mbappe PSJ safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 93 ta o‘yinda maydonga tushdi va 62 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar