PSJ Mbappeni qolishga ko‘ndiradigan odam topdi

  • 21 yanvar, 2022, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJning so‘nggi vaqtlardagi asosiy bosh og‘rig‘i Kilian Mbappeni jamoada olib qolish bo‘lib qoldi. 23 yoshli hujumchi parijliklarning har qanday taklifini rad etmoqda.

Parij klubi mutasaddilari Mbappeni olib qolish maqsadida yana bir chora topdi. Ma’lumotlarga qaraganda, poytaxt klubi yozda Maurisio Pochettino o‘rniga Zinedin Zidanni olib keladi.

Frantsiyalik mutaxassis o‘z yurtining eng qudratli klubini boshqarishga rozilik bergani aytilmoqda.

PSJ xo‘jayinlari frantsuz futbolida juda katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan Zidan jamoa etakchisi Kilian Mbappeni yangi shartnomaga ko‘ndirib, klubda olib qolishiga ishonch bildirmoqda.

Mbappening o‘zi esa yozda “Real”ga ko‘chib o‘tishi haqida xabarlar hamon tingani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!