
PSJ Mbappesiz o‘ynashga tayyor!
PSJ rahbariyati jamoa hujumchisi Kilian Mbappedan kelajagi bo‘yicha tezroq yakuniy qaror qabul qilishni so‘rayapti.
Parijliklar 25 yoshli forvard bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Mbappega yiliga 100 million evro atrofida maosh taklif qilinmoqda.
Kilian hali bir qarorga kelgani yo‘q. Agar u klub taklifini qabul qilmasa, parijliklar voqealar rivojining bu yo‘nalishiga ham tayyor. Yaqinda Mbappening ketishi PSJga 200 million funt miqdoridagi mablag‘ni tejab qolish imkonini berishi va Luis Enrike yosh o‘yinchilarga tayangan holda yangi loyhani boshlashi haqida ma’lumot berildi.
Kilian Mbappening hozirgi kelishuv 30 iyun kuni tugaydi. Shu bois, klub xo‘jayinlari undan kelajagini tezroq hal qilishni talab etmoqda.
Mbappega “Real” va “Liverpul” kabi klublar qiziqish bildirgan. Lekin ular hujumchiga parijliklar singari katta maosh to‘lamaydi.
Fikrlar