PSJ Messi borasida bo‘sh kelmoqchi emas
Lionel Messining PSJ bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Argentinalik yulduzning shartnomasida yana bir yilga uzaytirish bandi bor. Biroq parijliklar Messi bilan yangi bitim imzolashni istamoqda. "Goal.com" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, klub futbolchi bilan “1+1” ko‘rinishida bo‘yicha kelishuv imzolashni mo‘ljallamoqda.
Lionel Messi hozircha PSJ bilan muzokara olib borgani yo‘q. Hujumchi kelajagi haqida qarorni Qatardagi jahon chempionatidan keyin qabul qiladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, Leo parijliklar bilan shartnomani uzaytirishga qarshi emas, deb yozdi manba.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi o‘tgan yozda PSJga o‘tgan edi. Kecha OAVda futbolchi mavsum so‘nggida "Barselona"ga qaytishi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar