
PSJ Messidan nega voz kechdi?
Birinchilardan bo‘lib Lionel Messiga og‘iz solgan PSJ rahbariyati, oxir-oqibat argentinalik hujumchini olish fikridan voz kechishga majbur bo‘ldi.
Bunga jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxelning pozitsiyasi sabab bo‘ldi. Germaniyalik mutaxassis tarkibda Neymar va Mbappe singari super hujumchilar borligini inobatga olib, Messining xizmatlariga ehtiyoj yo‘qligini, uning o‘rniga yozgi transferlar vaqtida himoya chizig‘i va maydon markazini kuchaytirish lozimligini ma’lum qilgan.
Shu tariqa, Frantsiya chempioni Messi uchun kurashdan chiqqanini ma’lum qildi.
Fikrlar