PSJ "Monako"ga yana 35 million evro to‘laydi
Kilian Mbappe "Monako"dan PSJga ko‘chib o‘tayotganida tomonlar "monegasklar" yana 35 million evro olishlari haqida maxsus bandni kiritib ketishgan.
Unga ko‘ra, agar parijliklar futbolchini sotib yuborishsa, yoki u bilan shartnomani uzaytirishsa Frantsiyaning amaldagi chempioni "Monako"ga yana to‘lov amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi.
Ushbu band Mbappe faoliyatini yakunlasa yoki klubni erkin agent sifatida tark etsagina amal qilmasligi mumkin.
Shunday qilib frantsiyalik futbolchining transfer summasi 220 million evrogacha ko‘tarilishi mumkin, deya xabar bermoqda Le Parisien.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kilian Mbappe yangi shartnoma yoki boshqa klubga o‘tish haqida o‘ylamayotgani xabar qilingan edi.

Fikrlar