
PSJ Neymar bo‘yicha yakuniy qarorga keldi
PSJ mutasaddilari jamoa etakchilari Neymar va Anzel Di Mariyaga yangi shartnoma taklif etishga qaror qildi va bu borada ishlarni boshlab yubordi.
Parijliklar braziliyalik hujumchi bilan 2024 yilgacha davom etadigan bitim bo‘yicha muzokaralarga kirishdi. Parij klubida bu kelishuvni yana bir yilga uzaytirish huquqi ham bo‘ladi.
Anxel Di Mariyaga esa uch yillik shartnoma taklif etiladi. Agentinalik yarim himoyachining amaldagi shartnomasi yozda tugaydi. Shuning uchun uni bepul qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan jamoalar taklif bilan chiqa boshlagan. Xususan, Krishtianu Ronaldu “Yuventus” rahbariyatidan Anxel Di Mariyani olishni so‘rayapti.
Fikrlar