
PSJ Neymarni nega jazolaydi?
PSJ klubi rasman mavsumoldi yig‘iniga kelmagani uchun Neymarni jazolanishini ma’lum qildi.
“Bugun Neymar yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun jamoa safiga etib kelmagani ma’lum bo‘ldi. PSJ esa u bilan bunday holat yuz berganidan afsuslanadi. Endi unga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi”, - deb yoziladi klub bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Neymar PSJda o‘ynashni istamasligi va “Barselona”ga qaytmoqchi ekanligi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar