PSJ Neymarning narhini oshirib qo‘ydi
Frantsiyaning PSJ klubi Neymarni 300 mln evroga sotishga tayyor. Bu haqida klub prezidenti Nasser Al-Xelaifi ma’lum qildi.
"Neymar jamoani tark etishi mumkin. Biz uni 300 mln evroga qo‘yib yuborishga tayyormiz," - dedi prezident.
Oldinroq, "Barselona"ning taklifini Parij klubi rad etgani ma’lum bo‘lgan edi. "Real" klubining taklifini esa Neymarning o‘zi rad etgan.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchining parijliklar bilan 2022 yilning yoziga qadar shartnomasi bor.

Fikrlar