
PSJ o‘z safiga Italiya terma jamoasi a’zosini qo‘shib olmoqchi
"Fiorentina" klubi vingeri Federiko Keza PSJning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
France Football nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar sport direktori Leonardo 22 yoshli italiyalik futbolchining imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.
Ta’kidlash kerakki, Kezaning “binafsharanglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Uning transfer narxi esa 60 mln evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Keza joriy mavsum “Fiorentina” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar